Qabul komissiyasi joylashgan o‘rni

Qabul komissiyasi joylashgan o‘rni

Joriy yilda hujjatlar onlayn qabul qilinadi, OTMlarda hujjatlar olinmaydi.

Hujjatlar 3 xil usul bilan topshirilishi mumkin:

  1. Davlat xizmatlari markazlari orqali (borgan holda);
  2. my.gov.uz portali orqali;
  3. DTM sayti orqali.


Hujjatlar kechayu kunduz 24 soat qabul qilinadi.

Test sinovlari joriy yilda 3 smenada bo‘ladi (o‘tgan yili 2 smenada bo‘lgan).

Har bir smenada 25 ming nafar abituriyent test topshiradi, abituriyentlar orasi 3 metr bo‘ladi.

Test sinovlariga abituriyentlar maxsus tekshiruvdan o‘tkazilib, karantin qoidalariga rioya qilgan holda kiritiladi.

Test sinovlari jarayonlari onlayn ravishda internet va TV orqali jonli efirga uzatiladi.

Karantin sharoitida xavfsizlikka rioya qilish maqsadida abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlarining kuzatuvchi sifatida test binosi atrofiga to‘planishi cheklanadi.